Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • Erishilgan yutuqlar / Maktab faxri / Matbuot xizmati / Yangiliklar
  • 17-05-2023, 15:24

Xorazm viloyati Hazorasp tumani 5-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-A sinf o'quvchisi Xonumjon Teshaboyeva haqida

Bugun yoshlarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, oilalar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib etish  maqsadida “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi. 
Tanlovda viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlarida g'olib bo'lgan yosh kitobxon oilalar ishtirok etdi. 
Hazorasp tumanidan Pichoqchi mahallasida yashovchi Teshaboevlar oilasi  viloyat bosqichida faol qatnashdilar. 
Tanlov bevosita oilalar o'rtasida kitobxonlik  madaniyatini  oshirishga  qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil  amalga  oshirishga yo'naltirilgan.  
Tanlovning maqsadi oilalarda adabiyotimizning nodir asarlarini o'qib-o'rganish,  shu orqali insoniylikning  yuksak fazilatlarini shakllantirish,  o'zaro mehr- oqibat,  millatlararo totuvlik,  diniy bag'rikenglik, kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Unda farzandlari umumiy o'rta ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan o'quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok qilishlari belgilangan. 
 Tanlov uch  shart:  "Kitobxonlik",  "O'zbek adiblari hayoti va ijodi" va "O'zbek  va jahon adabiyoti bilimdoni shartlari bo'yicha bo'lib o'tdi. 
Unga ko'ra: Hazorasp tumanidan Teshaboevlar oilasi I-o'rin, Yangiariq tumanidan Allashukurovlar oilasi II-o'rin va Yangibozor tumanidan Yusupovlar oilasi  III-o'ringa loyiq ko'rildi.
Tanlov ishtirokchilariga Diplom va nominatsiyalar bo'yicha faxriy yorliqlar topshirildi. 
Tadbirda she'r va qo'shiqlarga ham navbat berildi.
 Eslatib o'tamiz Teshaboeva Xonumjon Hazorasp tuman 5-son umumiy o'rta ta'im maktabining 9-A sinf o'quvchisi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp5-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili