Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida "Navro'z Bahor bayrami" bo'lib o'tdi. Tadbirda maktabning 5-11-sinf o'quvchilari ishtirok etdilar va tadbirni ko'tarinki shukuhda olib bordilar. Tadbirda 8-11-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida pazandachilik bellashuvi bo'lib o'tdi.
Bellashuvda o'quvchi qizlar bahoriy tansiq taomlarni pishirib dasturxon ko'rkiga yanada ajoyib ko'rk qo'shdilar va pazandachilik bellashuvida 11-B sinf qizlari g'olib bo'lishdi.
Bayramda Bahor fasliga oid qiziqarli sahna ko'rinishlari, turli xil bayram kuy va raqslari bo'lib o'tdi. shu bilan birgalikda sport bellashuvlari ham bo'lib o'tdi.


Bayramda maktab direktori va MMIBDO' so'zga chiqib Navro'z bayram bizning yangilanish, umummilliy qadriyatlarimizni aks ettirgan bayramligini eslatib, o'quvchilarda Navro'z bayramini yanada ko'tarinki ruhda o'tkazish lozimligini ta'kidlab o'tdilar. 
Bayramda mahalla raisi va mahallada yashovchi yoshi ulug' qariyalar, ota-onalar qatnashdilar, maktab o'quvchilari o'zlarining chiroyli chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar. Bayram so'ngida pazanda qizlarimiz va sportchi yigitlarimizga turli xil estalik sovg'alari berildi. Navro'z bayrami juda maroqli va qiziqarli o'tdi.